Sen ketarsan, jonginam, sen ketarsan.
Olis yo‘llar seni chorlar, chorlar zamon.
Orzularing olamiga, yor, yetarsan.
Men qolarman ko‘zim giryon, dilda hijron.
Sen ketarsan, meni tashlab, sen ketarsan.
Goh ishon, goh ishonma deydi xayol.
Ammo o‘zing xayolingga keltirmaysan,
Hayotimsan, bormi sensiz menda majol,
Unutma meni, qaylarda chekma firoq,
Yaqindami yo yiroq,
Meni esla.
Unutma meni nur topgan chog‘ quyosh
Oqshomlar, berib bardosh,
Meni esla.
Unutma meni oshganda dolg‘on,
Yoqqanda dog‘i hijron,
Meni esla.
Kulib boq, sunib qol,
Baxtimiz topmay zavol.
Meni esla.
Sen ketarsan, ortingdan yetolmam sira,
Yurakkinam o‘tlarga tashlab ketarsan,
Diydoringga to‘ymadim, to‘ymadim zarra,
Boshginamni chulg‘agan xayol qadarsan.
Qo‘lib siltab qolaman, bag‘rim o‘rtanib,
Yulduz-yulduz ko‘zlarim boqar intizor,
Nigoh solsam, keng samo ketar to‘lg‘anib,
Talpinarman, jongtnam, vaslingga bedor.