[N] >  [Nargiz Musayeva Lyrics] > Alvido Lyric
Sponsored Links

Nargiz Musayeva - Alvido

Submitted by:cekogzm
Published:
Add a new lyric Add a new lyric      Correct this lyricCorrect this lyric
Jonginam, ketaman, alvido!
Yurakdan to‘kilar bir sado.
Bizlardan qolgani shu nido -
Alvido, alvido, alvido!

Nahotki zoyedir ahdimiz,
Sevgimiz, orzumiz, baxtimiz.
Shunchalar ham omonat taxtimiz?
Alvido, alvido, alvido!

Ko‘zlarimni yumaman seni ko‘rmoqlik uchun!
Bamisoli shabnam – nurga to‘ymoqlik uchun!
Meni kechir, jonginam, sensiz yashay bilmadim!
Men dunyoga kelganman seni sevmoqlik uchun!
Shamollar to‘zg‘iydi isyonkor,
Samolar yig‘laydi, dil – oshkor,
Bu dunyo, azizim, riyokor,
Alvido, alvido, alvido!

Umrimiz xazondir g‘urbatda,
Ruhimiz uchrashar albatta,
Visolga yeturmiz jannatda,
Alvido, alvido, alvido!

Ko‘zlarimni yumaman seni ko‘rmoqlik uchun!
Bamisoli shabnam – nurga to‘ymoqlik uchun!
Meni kechir, jonginam, sensiz yashay bilmadim!
Men dunyoga kelganman seni sevmoqlik uchun
© 2003-2024 www.alternatifim.com/ All Rights Reserved.