Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas. [2x]
Ko‘zlar seni izlar, yo‘lingga boqib,
Sevaman deb aytgani imkon topilmas. [2x]
Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.
Bog‘i Eramlardan kelganmisan yo,
Xayollar suraman, bo‘ladi ro‘yo, [2x]
Qachon yulduz bo‘lib, socharsan ziyo,
Suhbat aylagani bir on topilmas. [2x]
Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.
Har ne boshga tushdi, shirin so‘zladim,
O‘zim ham bilmadim, neni ko‘zladim, [2x]
Oyni ko‘rolmagan kimdek bo‘zladim,
Sen-la birga bo‘lgani zamon topilmas. [2x]
Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.
Ko‘zlar seni izlar, yo‘lingga boqib,
Sevaman deb aytgani imkon topilmas. [2x]
Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.